Toshkent shahar yer resurslari va davlat yer kadastri boshqarmasi endi qog‘oz ko‘rinishida ma'lumot taqdim etmaydi
2017 yil 11 oktabrdan boshlab, ko‘chmas mulkni realizatsiya qilish, oldi-sotdi, meros bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish uchun binolar va inshootlarning tarkibi va shu kabi ma'lumotlar Toshkent shahar yer resurslari va davlat yer kadastri boshqarmasi tomonidan idoralararo elektron aloqalar orqali notarial idoralarga beriladi.
Toshkent shahar yer resurslari va davlat yer kadastri boshqarmasi Axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, endilikda mazkur boshqarmada yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bo‘yicha qog‘oz ko‘rinishdagi ma'lumotnomalarni taqdim etish to‘xtatiladi. Joriy yil 27 fevralida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, notarial idoralarda idoralararo elektron ma'lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Kadastr boshqarmasining yangi tartibdagi ishga o‘tishi bu muhim o‘zgarishning ilk bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Xabarda aytilishicha, bunday qulayliklar avvalo boshqarmada turnaqator navbatlar hosil bo‘lishini yo‘qotib, ish unumdorligini, aniq ma'lumotlarni tayyorlashda yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
-
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:36
-
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi
O‘zbekiston | 20:13
-
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi
Jahon | 20:06
Mavzuga oid

19:15 / 07.07.2017
O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar ochiladi

20:29 / 22.05.2017