Texnologiya | 14:00 / 11.10.2017
10656
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbektelekom» narxlarni oshirmaydigan bo‘ldi

Foto: Fotolia

«O‘zbektelekom» AK 2017 yil 6 oktabrda e'lon qilingan o‘zgarishlar bekor qilinganligini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ilgari tasdiqlangan, 2016 yil 1 iyulda kiritilgan «Telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi» 125 1/1 sonli preyskurant amal qilishda davom etadi.

Avvalroq, «O‘ztelekom» milliy operatori o‘z saytida  2017 yilning 20 oktabridan e'tiboran telekommunikatsiyalar universal xizmatlariga yangi narxlar joriy etilayotgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid