Kolumbiya terma jamoasi hujumçisi Radamel Falkao Peru yarimhimoyaçisi Renato Tapiya bilan JÇ-2018 saralaşidan örin olgan va parallel ravişda keçayotgan öyinlarning natijasini muhokama qilganini tan oldi.

Eslatib ötamiz, öyin ikkala tomonni ham qoniqtiruvçi 1:1 hisobi bilan tugagan edi.

"Biz boşqa uçraşuvlarda nima yuz berayotganini bilardik. Öyin davomida boşqa stadionlardagi natijalardan xabardor bölib turdik. Qaysidir vaziyatda, bu haqda raqibga ham aytişga qaror qildim" - deb, Falkao sözlaridan The Telegraph iqtibos keltiradi.

"Biz öyinni kerakli hisob bilan yakunladik. Radamel menga har ikkala terma jamoa ham final bosqiçiga çiqayotganini aytdi. Ammo biz faqat ğalaba uçun öynaymiz" - deb ta'kidladi Tapiya.