Peru terma jamoasi yarimhimoyaçisi Renato Tapiya kolumbiyaliklar bilan durang natija haqida kelişuv bölganini tan oldi.
Ma'lumki, JÇ-2018 saralaşidan örin olgan Peru - Kolumbiya öyini 1:1 hisobida yakunlanib, mezbonlar qit'alararo pley-off bosqiçiga yöl olgan, mehmonlar esa jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgandi.
«Sönggi 5 daqiqa içida kolumbiyaliklar bizga murojaat qilişdi. Ular boşqa stadionlardagi natijalardan xabardor edi va öyin biz xohlagandek yakunlandi.
Falkao bilan özim gaplaşdim va u durang natijani uşlab tursak, ikkala jamoa ham keyingi bosqiçga çiqişini aytdi» , – dedi Tapiya Marca naşriga bergan intervyusida.
Avvalroq, bu öyinning 76-daqiqasida hisob tenglaşgaç, Kolumbiya terma jamoasi yetakçisi Radamel Falkao peruliklardan hujum qilmaslikni söragani, çunki bu natija har ikkala terma jamoani qoniqtirişini aytgani haqida xabarlar berilgan edi. Natijada, Çili terma jamoasi JÇ-2018 yöllanmasidan quruq qoldi.

















