11 oktabr kuni "Özbekengilsanoat" AJ binosida eskizlar asosida işlab çiqilgan maktab formalari namunalari körgazmasi taşkil etildi. Körgazmada "Şarq liboslari dizayn markazi" hamda "Özbekengilsanoat" AJ tizimidagi korxonalar tomonidan eskizlar yaratilib, namunalar asosida işlab çiqildi.
Tadbirda "Özbekengilsanoat" AJ tizimidagi 50ta trikotaj mahsulotlarni işlab çiqaruvçi korxonalardan 12tasi öz tayyor mahsulotlari bilan iştirok etişdi. Ular orasida "Şarq liboslari dizayn markazi", "Istiqlol tekstil" (Ideal), "Jannati Bibixonim", "High Fashion Group", "Koson universal", "Cotton Road", "Bagira Tex", "Gulmira Tekstil", "EKO planeta", "Ferangiz Fashion", "Urganch Bahmal", "Tumaris Tekstil" kabi korxonalarni uçratiş mumkin.
Körgazma davomida bolalar turli yoşlarga möljallangan bahor, kuz va qiş mavsumiga mos maktab formalarini namoyiş qilişdi. Kun.uz muxbiri mazkur tadbirda iştirok etib, yangi maktab formalari namunalaridan fotoreportaj tayyorladi.

















