Iroqning Anbar viloyati şarqiy qismida sodir bölgan portlaş oqibatida yetti kişi halok böldi, 15 inson tan jarohati oldi. Bu haqda Iraqi News yangiliklar portali mamlakat IIVga asosan xabar tarqatdi.

«Al-Dovor mintaqasi, Xit şahridagi kafelardan birida xudkuş-terrorçi tomonidan amalga oşirilgan hujum natijasida 7 kişi halok böldi va 15 inson tan jarohati oldi», - degan Içki işlar vazirligi vakili Saad Maan.

Assoşieyted Press agentligi ham 15 inson jabrlangani, biroq qurbonlar soni köproq ekanini (11 nafar) xabar bermoqda.

Iroqda mamlakatning bir qismini egallab olgan IŞID terrorçilik guruhi faoliyati tufayli vaziyat hamon keskin bölib turibdi. Jangarilar hujum va teraktlarni amalga oşirmoqdalar, buning oqibatida köpinça tinç fuqarolar qurbon bölişmoqda.