Kriştianu Ronaldu dunyodagi eng iste'dodli futbolçilardan biri hisoblanadi. U yillar ötsa-da, öz tezligi va çidamliligini saqlab kelmoqda. Ronalduning bunday jismoniy holatni saqlab kelişiga töğri ovqatlaniş va maşğulotlar dasturi, şuningdek qator foydali odatlari yordam beradi.

Foto: Voetballoopbaan

Köp mutaxassislar Kriştianu Ronalduni dunyodagi eng mukammal futbolçi deb hisoblaşadi. U ikki oyoği bilan ham aniq zarba yöllay oladi, ajoyib tezlik va çidamlilikka ega, deyiladi Scoopwhoop'da.

Şunisi qiziqki, uning yoşiga yoş qöşilsa-da, jismoniy holati özgarişsiz qolmoqda. Hozir u 32 yoşda, aksariyat futbolçilar bu yoşda sportdagi karerasini yakunlaydi, Ronaldu esa hamon tetik.

Siz Ronalduni yoqtirmasligingiz mumkin, biroq bu uning parhezi yoki fitnes-rejasini qöllab körişingizga xalaqit bermaydi, çunki tan olib aytiş kerakki, u havas qilgulik jismoniy holatda.

Foto: Instagram/Cristiano

Parhez

Kriştianuning kunduzgi ratsioni olti mahal ovqatlanişdan iborat. U şakar iste'mol qilmaydi, proteinli kokteyllar içadi, multivitaminlar va böğinlar salomatligi uçun qöşimçalar qabul qiladi. Şuningdek metabolizm yaxşi keçişi uçun köp sabzavotlar iste'mol qiladi.

Foto: Instagram/Cristiano

Taxminiy menyu

  • Nonuşta: mevali şarbat, tuxum oqsili, don mahsulotlari;
  • Tuşlik: biroz pasta, öçoqda pişirilgan kartoşka, yaşil sabzavotlar, ozgina tovuq bilan salat;
  • Tuşlik va keçki ovqat orasida tunetsli roll va sarxil şarbat;
  • Keçki ovqat: guruç va dukkaklilar, şu bilan birga tovuq hamda mevalar.