Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Soçi şahrida bölib ötgan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşi majlisida iştirok etdi. 

Sammitning asosiy tadbirlari 11 oktabr kuni böldi. 

Soçidagi Xalqaro kongresslar markazida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi. 

Dastlab MDH davlat rahbarlari tor doirada uçraşuv ötkazdi. Unda Hamdöstlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, uşbu xalqaro tuzilma faoliyatini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşildi. 

Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi 1991 yil 8 dekabrdagi MDHni tuziş töğrisidagi bitim hamda 1991 yil 21 dekabrdagi mazkur bitimga protokol asosida taşkil qilingan. Uşbu xalqaro tuzilmaga Özbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozoğiston Respublikasi, Qirğiziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Tojikiston Respublikasi va Ukraina a'zo hisoblanadi. Ijroiya qömita MDHning ijro etuvçi, ma'muriy va muvofiqlaştiruvçi idorasidir. 

Özbekiston MDH doirasidagi köp tomonlama hamkorlikda faol iştirok etib kelmoqda. Bu a'zo mamlakatlar bilan turli sohalardagi aloqalar rivojiga hissa qöşmoqda. 

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Hamdöstlik mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan, ta'lim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdorligini ta'kidladi. Yil boşidan buyon mamlakatimiz bilan MDH davlatlari örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 20 foiz ösgan. 

Özbekiston tuzilmadagi iştirokini yanada faollaştiradi. Şu yil 3 noyabr kuni poytaxtimizda MDH Hukumat rahbarlari kengaşi yiğilişi ötkaziladi. 

Davlatimiz rahbari a'zo mamlakatlar örtasida özaro işonç va hamkorlikni mustahkamlaş, Hamdöstlik doirasida yangi, aniq loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş zarurligini qayd etdi. 

Transport va kommunikatsiyalar hamkorlikning strategik muhim yönalişi hisoblanadi. Özaro integratsiyalaşgan transport tizimlarini rivojlantiriş, Hamdöstlik mintaqasining ulkan tranzit salohiyatidan töla foydalaniş barça uçun manfaatli. Ma'muriy jarayonlarni takomillaştiriş va özaro imtiyozlar beriş bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.