«Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasining sentabr oyidagi eng yaxşi murabbiyi deb topildi. Bu haqda premer-liga rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Kataloniyalik mutaxassis bu sovrin uçun kuraşda Maurisio Poçettino («Tottenhem»), Joze Mourino («Mançester Yunayted») va Arsen Vengerni («Arsenal») ortda qoldirdi.
Sentyabr oyida «Mançester Siti» APL doirasidagi törtta uçraşuvning barçasida ğalaba qozondi. Bu uçraşuvlarda «Liverpul» (5:0), «Uotford» (6:0), «Kristal Pelas» (5:0) va «Çelsi» (1:0) mağlub etildi.
Bu Gvardiolaning APLga kelganidan buyon oyning eng yaxşi murabbiyi sifatidagi ikkinçi sovrini böldi.
Oy futbolçisi

«Tottenhem» hujumçisi Harri Keyn Angliya Premer-ligasining sentabr oyi yakunlariga köra, eng yaxşi futbolçi deb topildi.
«Şporlar» hujumçisi sentabr oyida 4 uçyaraşuvda 6ta gol kiritişga muvaffaq böldi. U bu sovrinni beşinçi marta qölga kiritdi va bu borada hozirdanoq Ueyn Runi va Robin van Persiga tenglaşib oldi. Bu sovrinni eng köp qölga kiritgan futbolçi «Liverpul» yarimhimoyaçisi Stiven Jyerrard bölib, u 6 marta bunday yutuqqa erişgan.
Oyning eng çiroyli goli

«Mançester Yunayted» himoyaçisi Antonio Valensiya Premer-liganing sentabr oyidagi eng çiroyli goli muallifi böldi.
Ekvadorlik futbolçi APL 5-turining «Everton»ga qarşi uçraşuvida (4:0) hisobni oçuvçi golga mualliflik qilgandi.
«Sovrinni yutganimda xursandman. Menga ovoz bergan barçaga öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman. Öyinni omadli boşlaş orqali «Everton»ni mağlubiyatga uçratişimiz oson keçgandi va biz uç oçkolik bölgandik.Şu boisdan ham bu gol bilan faxrlanaman», — degan Valensiya.











