Filippin prezidenti Rodrigo Duterte YeI vakillarini haqorat qilib, ularni bir kunda mamlakatdan çiqarib yuborişi bilan tahdid qildi. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.
Uning bayonot berişiça, YeI Filippin içki işlariga xalaqit bermoqda. Dutertega köra, «Yevropa Filippinni BMT tarkibidan çiqarib yuborişni rejalaştirmoqda».
Ta'kidlanişiça, ğarb siyosatçilaridan iborat delegatsiya Dutertening giyohvandlik savdosiga qarşi kuraşini tanqid qilgaç, prezident ularni haqoratlagan.
«Biz BMTdan çiqarilamiz? Sen, ... bolasi, olğa. Siz bizning işimizga aralaşmoqdasiz, çunki biz qaşşoqmiz», — degan u.
Şundan söng u delegatsiya a'zolariga murojaat qilib, «siz mening mamlakatimni 24 soatda tark etasiz, hammangiz», deya ta'kidlagan.
Xabarda yozilişiça, uning nutqining qolgan qismi ham sökiniş sözlaridan iborat bölgan.












