Ertaga bölib ötadigan «Liverpul»ga qarşi öyin oldidan «Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino Sky Sports naşriga ekslyuziv intervyu berdi. Bir jihatga alohida e'tiboringizni qaratmoqçiman.
- Suhbatimizni Fellayni mavzusi bilan boşlasak. U Belgiya terma jamoasi tarkibida jarohat oldi. Uning holati haqida ma'lumotga egamisiz?
- Yöq, bilmayman.
- U klub ixtiyoriga kelib qöşildimi?
- Yöq.
- Belgiyaliklar uning ahvoli haqida siz bilan aloqaga çiqmadimi?
- Yöq, men bilan emas. Balki klub vraçlari bilan gaplaşişgandir, men bilmayman.
- Yaxşi. Qandaydir tekşiruvlar uçun uning yetib kelişini kutayotgandirsiz?
- Yöq, men buni kutmayapman. U haqida öqiganlarimdan kelib çiqsak, u öyinga tayyor emas.
- Bu holat siz uçun qançalik muammo?
- Muammo yöq.
- Agar yana ikki tayanç yarim himoyaçisi bilan öynaydigan bölsangiz, demak Ander Errera paydo bölgan böş öringa qaytar ekanda?
- Faqat Errera emas. Biz hamma futbolçilarga işonamiz. Biz ötgan yili ham köp futbolçilarni jarohat tufayli yöqotganmiz, bu safar ham, lekin buning ustida töxtab qoliş odatimiz yöq: biri ketsa, ikkinçisi tayyor holda böladi. Biz ularga işonamiz va nolimaymiz, kimdir jarohat olsa, uning örniga maydonga tuşadigan futbolçiga işonamiz.
Mourinoning Fellayni haqidagi gaplariga işonmayman. Murabbiyga bu jarohat qattiq ta'sir qilgani, balki öşa kuni tomoğidan ovqat ötmagani haqiqatga yaqinroq. Zero Mourino uçun Fellayni qanday futbolçi ekanini juda yaxşi bilamiz. Aynan «Liverpul» kabi kuçli klublarga qarşi belgiyalik futbolçi muhim figura bölişini seziş qiyin bölmagan: «Hatto zaxira örindiğida ötirgan bölsa-da, Fellayni bilan özimni xavfsiz his qilaman», – bu ham Joze Mourinodan iqtibos.












