Özbekiston Futbol Federatsiyasining tarkibiy tuzilmasida amalga oşirilayotgan özgarişlar doirasida xalqaro bölim tubdan isloh qilindi. Şu paytgaça xalqaro bölim boşliği sifatida işlab kelgan Aleksandr Davidenko va uning yordamçisi Şerzod Egamberdiyevlar öz lavozimidan ozod etildi.
Eslatib ötamiz, Şerzod Egamberdiyev ÖFFning oldinroq, özbekistonlik jurnalistlarni «qişloqi» deya haqoratlagan va öşa paytdagi jamoa boş murabbiyi Samvel Babayanning past natijalariga qaramay, unga haykal qöyiş lozimligini ta'kidlagandi.
Xalqaro aloqalar boşqarmasi sifatida yangi taşkil qilingan strukturaga Olim Arifov rahbarlik qiladigan böldi.
Ma'lumot uçun: Olim Arifov 1987 yilda Toşkentda tuğilgan. Özbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetini tamomlagan. Özbekiston Futbol Federatsiyasida 10 yil davomida turli lavozimlarda işlagan. Ingliz, rus va özbek tillarida erkin sözlaşa oladi.
Olim Arifovning yordamçisi sifatida turli taşkilotlar, şu jumladan sport federatsiyalarida işlab kelgan Diyor Isomiddinov iş boşladi.
Hozirgi kunda xalqaro aloqalar boşqarmasining boşqa lavozimlariga ham yangi nomzodlar körib çiqilmoqda.













