AQŞ moliya vazirligi Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusini (IIQK) terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritdi va unga qarşi iqtisodiy sanksiyalar kiritişini e'lon qildi. 

Uşbu qaror IIQKning göyoki "Hizbulloh", XAMAS va "Tolibon" taşkilotlariga körsatayotgan kömagi sababli qabul qilingan.

"IIQK Eronning dunyoda terrorçilikning boş homiysi bölişida markaziy rol öynagan. Eron mintaqadagi barqarorlik evaziga hokimiyatga erişmoqçi va moliya vazirligi IIQKning vayronkor faoliyatiga qarşilik körsatiş uçun öz vakolatlaridan foydalanişda davom etadi", deb aytdi AQŞ moliya vaziri Stiven Muçin.

Sanktsiyalarga köra AQŞ fuqarolari va kompaniyalariga IIQK tomondan nazorat qilinuvçi korxonalar bilan biznes olib boriş taqiqlanadi.

IIQK Eron qurolli kuçlarining sara qismi hisoblanadi. Korpus öz havo, harbiy-dengiz va quruqlikdagi qöşinlariga ega. Unda 100 mingga yaqin kişi xizmat qiladi. Tehron korpusning terrorçilik faoliyatiga aloqadorligini qat'iyan rad etib keladi.