Angliya premer ligasi 8-turining markaziy öyini "Enfild Roud" stadionida, "Liverpul" va "Mançester Yunayted" klublari örtasida ötkazildi.
Uçraşuv golsiz durang bilan yakunlangan bölsa-da, qizğin kuraşlarga boy böldi. Futbolçilar maydonning har bir qariçi uçun "jang" olib borişdi.
34-daqiqada amalga oşirilgan burçak zarbasidan söng, mezbonlar hisobni oçişi şart edi. Dastlab, Matip yaqin masofadan darvozani öqqa tutganida, De Xea aql bovar qilmas çaqqonlik bilan töpni qaytarişga erişdi. Qaytgan töpni esa Muhammad Saloh darvozaga aniq yöllay olmadi.
43-daqiqada Marsialning ajoyib töp oşirişidan söng, Lukaku darvozabon bilan deyarli yuzma-yuz çiqqan edi. Ammo uning kuçli zarbasini Minole qaytarişga muvaffaq böldi.
56-daqiqada Gomesning oşirgan töpini Emre Jon darvozabon ustidan oşirib yubordi. Biroq, "dumaloq" darvoza ustidan ham oşib, tösin ustidan ötib ketdi.
Öyin oxirida har ikkala jamoa ehtiyotkorona harakat qilib, öz darvozalari daxlsizligini saqlab qolişdi.
Bu natijadan söng, "MYu" klubi oçkolari sonini 20taga yetkazib, 1-öringa kötarilgan bölsa, "Liverpul" 13 oçko bilan 6-öringa çiqib oldi.
APL, 8-tur
Liverpul – Mançester Yunayted 0:0
14 oktabr, «Enfild» stadioni
Liverpul – Minole, Matip, Moreno, Gomes, Lovren, Koutino (Starrij, 79), Veynaldum, Firmino, Jon, Saloh (Oksleyd-Çemberlen, 78), Henderson.
Mançester Yunayted – De Xea, Smolling, Darmian, Valensiya, Jons, Yang, Matiç, Errera, Mxitaryan (Lingard, 63), Marsial (Reşford, 65), Lukaku.
Ogohlantiriş: Smolling (74).











