Myunxenning «Bavariya» klubi hujumçisi Robert Levandovski terma jamoalar öyinlari tanaffusi paytida intervyu berdi.
«Bavariya» uçun mavsum noldan boşlandi»
– Karlo Ançelotti işiga qanday baho berasiz?
– Uning dastlabki mavsumida yaxşi öyin namoyiş qildik. Bizda Çempionlar ligasi yarimfinaliga çiqiş imkoniyati bor edi. Agar jarohatim tufayli «Real»ga qarşi javob bahsini ötkazib yubormaganimda, hammasi boşqaça bölişi mumkin edi. Kim biladi deysiz, balki turnirda ğolib çiqqan bölarmidik.
– Yupp Haynkes kelganidan söng, jamoani nima kutmoqda?
– «Bavariya» uçun mavsum noldan boşlandi desak ham bölaveradi. Bizga oson bölmaydi, çunki mavsum davomida murabbiyning özgarişi heç qaçon ta'sirsiz ötmaydi.
Biz oldinga qarab yurişimiz va öz işimizni davom ettirişimiz şart, boşqa ilojimiz yöq. «Borussiya»dan 5 oçko ortda boryapmiz. Ammo, oldinda öyinlar köp, şu tufayli, hamma narsa özgarişi mumkin.
Çempionlar ligasiga keladigan bölsak, «PSJ» klubiga mağlub bölganimizdan söng, öylab körişimiz lozim bölgan narsalar köp ekani ma'lum böldi, xatolar ustida ham iş olib borişimiz lozim.
«Oltin töp»ga ovoz beriş jarayoni natijalaridan hayron qoldim»
– Rummenigge orzungizdagi klub - «Real» ekani haqida gapirgandi. Bunga munosabatingiz?
– Karl-Haynts Rummenigge nimani nazarda tutganini bilmayman. Buni özidan sörab körişingiz kerak. Bu yerda qaysi naşr Rummenigge iqtibosini keltirayotganiga ham qaraş kerak.
– Ötgan yili «Oltin töp»ga ovoz beriş jarayoni yakunlarini tanqid qilgan edingiz. Nega?
– Bir narsani tuşunmadim, nega 50, 25 yoki 5-örinni e'lon qilişmoqda? Menimça, eng muhimi - dastlabki uçta örin. Albatta, 16-örinda ekanimni bilgaç, karaxt ahvolga tuşganman. Men «Bavariya»da öynayapman, Çempionlar ligasi finaliga çiqqanman, bundesligada köplab gollarni uryapman, ammo meni 16-öringa qöyişmoqda. Bundan hayratda qolganman.
Aslida nimalarga munosib ekanimni bilmasam-da, 16-örin kulgimni qistamoqda. Gapirişga tilim ojiz.
«Asosiy maqsad - Çempionlar ligasi finali»











