AQŞning Istanbuldagi boş konsulligi xodimi, Turkiya tomondan hisbga olingan Metin Topuz  bilan uçraşa olmayotganini ta'kidlayotgan AQŞ vakillari yolğon sözlaşmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. 

"AQŞ butun dunyo böylab yolğon gapiradi! Ularning konsulligi xodimi 4 oktabrda hibsga olingandan keyin heç kim u bilan uçraşişni söramagan. Ularga xodimlariga qöyilgan ayblovlar haqidagi hujjat kerakmi? Uni taşqi işlar vazirligi emas, sud beradi", deb aytgan prezident. 

Uning aytişiça, Anqarani özini Turkiyaning hamkorlari deb ataydigan davlatlar ikkiyuzlamaçiligi taşvişlantirmoqda. "Yuzma-yuz körişganda ular va'dalar va kafolatlar beradilar, orqamizdan esa iflos işlar qilişadi. Bu işlar şunçalik köriniş oldiki, ularni yaşirişning boşqa iloji yöq", deb aytdi Erdöğan. 

4 oktabrda AQŞning Istanbuldagi boş konsulligi xodimi Metin Topuz hibsga olingandi. Unga qarşi Fathulla Gulen taşkiloti bilan aloqadorlik, josuslik ayblari qöyilgan. Vaşington bunga çora sifatida turk fuqarolariga vizalar berişni töxtatgan. Turkiya esa bunga xuddi şunday aks çora bilan javob bergan.