Prezident Şavkat Mirziyoyev Xiva şahridagi Nurillaboy saroy majmuasini közdan keçirdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Ma'lumotlariga köra, mazkur saroy hududi şu yerda yaşab ötgan Nurillaboy ismli savdogarga tegişli bölgan. Majmua xorijlik mehmonlarni qabul qiladigan qarorgoh vazifasini ötagan.
Davlat rahbari joriy yil yanvar oyida viloyatga qilgan taşrifi çoğida mutasaddilariga mazkur majmuani zamon talablari darajasida rekonstruksiya qiliş böyiça topşiriqlar bergan edi. Prezident tavsiyasiga köra işlab çiqilgan loyihaga binoan bu yerda mehmonxona, restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr, hunarmandlar körgazmasi taşkil qilingan.
Şuningdek, körgazmalarda Xorazmning XIX-XX asrlardagi tarixiy fotosuratlari, birinçi özbek kinooperatori va fotosuratçisi Xudoybergan Devonov olgan suratlar va kinoasarlar namoyiş etilmoqda. «Xorazm an'anaviy hunarmandçiligi: tarix va zamonaviylik», «Özbekiston zavonaviy san'ati: ohanglar, timsollar, talqinlar» mavzuidagi körgazmalar mehmonlarda katta qiziqiş uyğotmoqda.
Prezident Xiva şahri me'morçilik obidalari, jumladan, mazkur majmuaning boy tarixi haqida sayyohlar va xorijlik mehmonlarga zamonaviy uslublarga tayangan holda sözlab beriş, bu bilan ularning Özbekiston haqidagi tasavvurlarini yanada boyitiş zarurligini ta'kidladi.











