Özbekiston kubogi finali 4 dekabr (!), duşanba (!!) kuni, soat 15:00 da (!!!) boşlanar ekan. Aslida, milliy futbolni tarğib qilişdan, jumladan, uşbu mavsumdagi eng ahamiyatli uçraşuvni imkon qadar köproq odam tomoşa qilişidan manfaatdor bölgan taşkilot - PFL, öyinni şu vaqtga belgilabdi. Oppoq qor ostida, balki. Yoki ustida. Til ojiz.
Albatta, bu çetdan qaraganda şunday, agar taşkilotçilar bilan bir stol atrofida ötirib, kelayotgan bir oy içidan maqbulroq kunni topişga harakat qilsak, biz ham qiynalişimiz mumkin. Milliy çempionatda yana hali olti tur bor, afsuski, bizga aloqasi bölmasa-da, FIFA kunlari... Maqsad muxlislarga futbol namoyiş qilişmi yoki eson-omon bu safargi çempionatni ham yakunlab olişmi, javobini payqaş qiyin emas.
Aslida, oddiy taqvimni tuzişda muammolar yaratadigan PFLdan Xudoning işiga aralaşib, ob-havoni yaxşilaşni yoki qorni bir neça kunga keçiktirib turişni kutiş noörin, albatta. Noyabr yoki fevral oylari uçun stadionlarimizda boşqaça şaroit yaratiş ham PFL ning imkoniyat doirasida emas. Lekin, har yilning bir paytida öxşaş ob-havo şaroiti böladigan yurtimizda, futbol öyinlarini ertaroq sanalarda yakunlaşning, hozirgidan maqbulroq şaroitlar uçun mosroq sanalarda taqvim tuzişning ilojini topsa böladi.
Yevropa bir mavsumga 50-60 öyinni siğdira oladi. Lekin e'tiroz qilmang, töxtang, ularning qişda ham futbol öynay olişini men ham bilaman va misolni özimizdan qidiraman.
Eslaysizmi, yöqmi, bilmadim, 1996 yilda 1-ligamizda 27 jamoa qatnaşgandi. Jamoalar guruhlarga bölinmagan, oddiy liga taqvimida jamoalar bir-biri bilan ikki martadan töqnaş kelişgan. Ya'ni, bir jamoa mavsum davomida 52 öyinda maydonga tuşgan. Liga jamoalari kubok öyinlarida ham öynaganliklarini e'tiborga olsak, taqvim bir mavsumda 55-56 öyinni öz içiga olgandi. 16 jamoa 30 turni ötkaziş uçun noyabrning oxirigaça sudrab borişga majbur emasdirmiz?
Albatta, birinçi liga taqvimi osonroq tuziladi: xalqaro maydonda töp suradigan klublar yöq, terma jamoalar yiğinlari paytida ham tur öyinlarini ötkazsa böladi. Töğri. Lekin keling, oliy ligada ham ziçroq taqvim tuzişning ilojisi borligini körib çiqamiz:
Martning ikkinçi yarmi bilan oktabrning oxirigaça bölgan muddatni yurtimizda futbol öynaşga mos deb aytişimiz mumkin. Bu davr 33 haftani öz içiga oladi. Har hafta bittadan tur ötkazsak ham, bemalol ulgursa bölardi-yu, lekin örtada davralar orasidagi tanaffus, terma jamoa yiğinlari bor. Ularni ham e'tiborga olib, vaziyatga çuqurroq nazar solamiz.
Mart, iyun, sentabr va oktabrda terma jamoalar uçun ajratilgan FIFA kunlari bölib ötadi. Har bir yiğinni minimum 10 kun desak ham, 6 hafta terma jamoamiz uçun çiqib ketyapti. Ixtiyorimizda yana 27 hafta qoldi.










