Özbekiston prezidenti Vetnam prezidentiga hamdardlik maktubi yölladi.
«Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vetnamning şimoliy va markaziy mintaqalarida vayronkor toşqin yuz berib, köplab insonlar qurbon bölgani munosabati bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Çan Day Kuangga ta'ziya izhor etdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Oxirgi xabarlarga köra, Vetnamning markaziy va şimoliy qismida kuzatilayotgan suv toşqinlari oqibatida 40 kişi halok bölgan va 22 kişi bedarak yöqolgan.
Suv toşqinidan Txanxoa va Ngean, şuningdek mamlakat şimolidagi Şonla, Xoabin, Yyenbay provinsiyalari eng köp zarar körgan. Mazkur hududlarda 1,2 mingta uy vayron bölgan, avtomobil yöllari buzilgan.












