Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanişiş, istiqboldagi vazifalarni belgilaş maqsadida 14 oktabr kuni Xorazm viloyatiga keldi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Xorazm yirik sanoat korxonalari, transport va kommunikatsiya tizimlari, kiçik biznes salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim örin tutadi. “GM Uzbebekistan” aksiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali, “UzXMG” ekskavator zavodi, “Özteks Şovot”, “Xorazm maişiy texnika” korxonalari, “Xorazm şakar” qöşma korxonasida içki va taşqi bozorda xaridorgir mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. Murakkab iqlim şaroitiga qaramay viloyat dehqonlari qişloq xöjaligida möl hosil yetiştirmoqda. 

Davlat rahbari 2017 yil 27-28 yanvar kunlari Xorazmga taşrifi çoğida viloyat iqtisodiyotini rivojlantiriş, sanoat va qişloq xöjaligini tarkibiy özgartiriş, ijtimoiy obektlar barpo etiş va infratuzilmani yaxşilaş, aholi turmuş darajasini oşiriş böyiça qator vazifalarni belgilab bergan edi. 

Şunga muvofiq, ötgan davrda hududda köplab yangi korxonalar, kiçik biznes sub'yektlari, köp tarmoqli fermer xöjaliklari taşkil etildi. Turizm, töqimaçilik, baliqçilik, parrandaçilik, irrigatsiya va boşqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oşirildi. Uy-joylar, şifoxonalar, maktab va san'at dargohlari qurildi. Yana qator loyihalar böyiça işlar davom ettirilmoqda. 

Prezidentning Xorazm viloyatiga safari davomida avvalgi taşrifda belgilangan rejalar qanday amalga oşirilayotgani bilan tanişişi, hudud taraqqiyotini yangi bosqiçga kötariş böyiça istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilanişi rejalaştirilgan.