Qoraköl terisi dunyo bozorida juda xaridorgir xom aşyo hisoblanadi. Bundan esa mömay daromad orttirişni közlagan ayrim ustomonlar bu turdagi mahsulotlarni bojxona nazoratidan çetlab olib ötişga urinişmoqda, deb xabar berdi Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati
Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Ğiştköprik” çegara-bojxona kompleksi xodimlari qoraköl terilarini noqonuniy ravişda olib çiqişga uringan şaxslar faoliyatiga çek qöyişdi.
Qöşni davlatga yöl olgan poytaxtlik A.Ziyamuxammedov bojxona nazoratidan ötiş davomida yonida ortiqça buyumlar yöqligini ma'lum qiladi. Ammo, unga tegişli yuklar nazorat-rentgan apparatidan ötkazilganda bojxona xodimlarida dastlabki şubhalar tuğiladi.
Şundan söng uşbu yuklar xolislar iştirokida közdan keçirilganida, uşbu şaxs yölovçi bojxona deklaratsiyasida ham, bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ham ma'lum qilmasdan turib 20 dona qoraköl terilarini yaşirin ravişda olib çiqişga uringani aniqlandi.
Şuningdek, ayni şu kuni poytaxtlik yana bir şaxs – T.Madjidovning ham xuddi şunday urinişiga çek qöyildi. Uşbu şaxs ham bojxona nazoratidan çetlab ötib, 25 dona qoraköl terilarini olib çiqib ketmoqçi bölgan paytda töxtatib qolindi.
Oliy navli uşbu qoraköl terilarining umumiy bahosi dastlabki hisob-kitoblarga köra 13,5 mln, sömni taşkil qilar ekan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.












