Angliya premer-ligasining 8-turidan örin olgan yana bir qator uçraşuvlar bölib ötdi va unda kutilmagan natijalar qayd etildi.
London derbisi nomini olgan «Kristal Pelas» va «Çelsi» jamoalari örtasidagi uçraşuvda şu kunga qadar oçko jamğariş tugul, birorta gol ham kirita olmagan mezbonlar kutilmaganda ğalaba qozonişning uddasidan çiqdi. Jamoaning APL yangi mavsumidagi ilk goli avtogolga aylandi.
«Mançester Siti» esa öz uyida «Stok Siti»ni qabul qilib, klub uçun APLdagi rekord 7ta gol kiritdi va navbatdagi ğalabani qölga kiritib, turnir jadvalida yaqqol peşqadam bölib oldi. Endi Gvardiola şogirdlari hisobida 22 oçko mavjud va ular eng yaqin ta'qibçisi, hamşaharlarini 2 oçkoga ortda qoldirmoqda.
Şuningdek, bu turda «Tottenhem» va «Suonsi» ğalaba qozongan bölsa, «Byornli» va «Vest Hem» uçraşuvida ğolib aniqlanmadi.
Angliya premer-ligasi, 8-tur
Kristal Pelas – Çelsi 2:1 (2:1)
Gollar: Aspilikueta (11, avtogol), Zaa (45+1) – Bakayoko (18).
Kristal Pelas: Speroni, Sako, Uord, Denn, van Anxolt, Milivoyeviç, Makartur (Fosu-Mensa, 85), Kabay (Ridevald, 86), Taunsend, Zaa, Şlupp (Pançon, 75).
Çelsi: Kurtua, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Mozes (Dzappakosta, 40), Azar, Bakayoko, Villian (Musonda, 65), Fabregas, Keyhill, Batşuayi (Pedro, 57).
Ogohlantirişlar: Milivoyeviç (71), Denn (83), Bakayoko (87).
Mançester Siti – Stok Siti 6:2 (3:1)
Gollar: Gabriel Jyezus (17, 55), Sterling (19), Silva (27), Fernandino (60), Sane (62), Bernardu Silva (79) – Diuf (44), Uoker (47, avtogol).
Mançester Siti: Ederson, Otamendi, Stounz, Uoker, Delf, Silva, Fernandino (Ture, 73), Sterling, de Bryuyne (Gyundogan, 66), Sane, Gabriel Jyezus (Bernardu Silva, 63).
Stok Siti: Batlend, Zuma, Kemeron, Vimmer (Martins Indi, 46), Edvards (Sobxi, 53), Şakiri, Fletçer, Piters, Xese (Afellay, 46), Şupo-Moting, Diuf.
Ogohlantiriş: Afellay (90+1).
Byornli – Vest Hem 1:1 (0:1)












