15 oktabrda Avstriyada parlament saylovlari bölib ötmoqda. Şu munosabat bilan birinçi saylov uçastkalari öz işini boşlab yubordi. Ulardan ba'zilari soat 5.00dan, ba'zilari esa 10.00dan, yana boşqalari esa ba'zi uçastkalar öz işini tugatayotgan vaqtda öz işini boşlaydi. Mamlakat hukumati kommuna va şaharlarga saylov uçastkalari işlaş vaqtini ularga qulay şaklda belgilaşga ruxsat beradi. Biroq barça uçastkalar 17.00gaça yopilişi kutilmoqda va şundan keyin ovozlar hisob-kitob qilina boşlanadi.
Respublikada 16 yoşdan katta barça fuqarolar saylov beriş huquqidan foydalanişlari mumkin böladi. Avstriyada saylovçilar umumiy soni 6 401 304 kişini taşkil qiladi va ulardan 51,7 foizi ayollardir.
Saylovlarda 16 ta partiya iştirok etmoqda. Sörovnomalarga köra, ulardan eng ommaviylari mamlakat taşqi işlar vaziri Sebastyan Kurts yetakçilik qiladigan Avstriya xalq partiyasi, mamlakat kansleri Kristian Kern raislik qiluvçi Sotsial-demokratik partiya, Xans-Kristian Ştraxe boşçiligidagi Ozodlik partiyasi hisoblanadi.
Avstriya parlamenti – Milliy kengaş tarkibiga 183 deputat kiradi va ular faqat partiya röyxatlari böyiça saylanadilar. Parlament tarkibiga kiriş uçun umumiy ovoz beruvçilarning kamida 4 foiz ovozini töplaş lozim.












