Irlandiyaning ğarbiy qismida Atlantika okeani tomondan "Ofeliya" dovulining yaqinlaşayotgani sababli xavflilikning eng yuqori – qizil darajasi e'lon qilindi. Bu haqda milliy meteorologik xizmatda ma'lum qilingan.
Xizmat saytida çop etilgan ogohlantiriş matniga muvofiq, xavflilikning qizil darajasi Goluey, Meyo, Kork va Kerri grafliklarida e'lon qilingan. Mamlakatning qolgan qismida xavflilikning bir poğona past – zarğaldoq darajasi e'lon qilingan.
Ob-havo mutaxassislari Irlandiya ğarbida 80 km/soat dan 130 km/soat gaça tezlikka ega bölgan şamol bölişi prognoz qilinmoqda. Şamolning kuçayişi infratuzilmaga zarar yetkazişi mumkin, sohilböyi hududlarida toşqinlar yuzaga kelişi xavfi bor.
Ogohlantiriş 16 oktabr – duşanba kuni ertalabgaça amal qiladi.













