Kosta-rikalik baliqçilar katta korifena baliği oşqozonida önlab kiçik toşbaqalarni aniqlaşdi.
Uşbu holat tasvirlangan videoda bir yigit katta ölçamli baliqning qornini yorayotgani va undan dengiz toşbaqalarini çiqarib olayotganini köriş mumkin. Erkak baliq oşqozonidan birin-ketin 32 ta toşbaqani çiqarib oladi.
Körinişiça, baliq qarmoqqa ilinişdan oldin toşbaqalar bilan "tuşlik" qilib olgan. Baxtga qarşi, toşbaqalarning barçasi ölik holda bölgan. video oxirida yigit buni öziga xos imo-işora bilan körsatadi.
Katta korifenaning uzunligi 1,5 metrgaça yetadi va u asosan baliq, qisqiçbaqasimonlar va kalmarlar bilan oziqlanadi. Bu baliq dunyodagi eng tez suzuvçi baliqlardan biri hisoblanadi.











