15 oktabr kuni Qirğizistonda ötkazilayotgan prezidentlik saylovida mahalliy vaqt bilan soat 17:00 holatida, röyxatga olingan 3 million 25 ming 902 saylovçidan 1 million 213 ming 803 nafari iştirok etgan. Bu esa saylovda davomat 40,12 foizligini körsatadi.
Mamlakat Boş vaziri birinçi örinbosari Tölqinbek Abdiğulov bergan ma'lumotga köra, mahalliy vaqt bilan soat 16:00da saylovda qatnaşgan fuqarolar umumiy saylovçilarning 35,8 foizga teng edi. Bir soat davomida ularning soni 5 foizga ösgan.
Ayni paytgaça Öş (52,8 foiz), Talos (45,75 foiz) va Bişkekda (45,05 foiz) işlab turgan saylov uçastkalarida faollik kuzatilmoqda.
Bu vaqtda, Qirğizistonning Moskvadagi elçixonasi atrofida hozirça nima maqsadda yiğilgani aniqlanmagan qirğizlar yurtdoşlaridan namoyişga qöşilişini söramoqda. Rossiya TIV Axborot xizmati mazkur voqea yuzasidan rasmiy bayonot bergani yöq.












