Xitoy, AQŞ va Çili astronomlari Katta portlaşdan keyin 800 million yil ötib hosil bölgan oltita yangi galaktikani aniqlaşdi. "Sinxua" agentligi şu haqida xabar berdi. 

Olimlarning fikriça, bu kaşfiyot reionizatsiya davri (Koinot tarixida Katta portlaşdan keyingi 550-800 million yil keyingi davri)da galaktikalarni kuzatiş sohasida yangilik bölib, yulduzlarning şakllaniş jarayonlarini örganişda yordam beradi. 

Kaşfiyot LAGER loyihasi doirasida aniqlangan bölib, uning taşabbuskorlari - xitoyliklar. Tadqiqotçilar Çilida joylaşgan teleskoplar yordamida Katta portlaşdan 800 yil keyin şakllangan galaktikaga 23 nomzodni topişga muvaffaq bölişdi. Bundan taşqari, olimlar bu vaqtga kelib, ionlaştirilgan vodrod uluşi 50 foizga yetgan, degan xulosaga kelişdi. 

Keyingi kuzatuvlar tadqiqot uçun qiziq bölgan olti yulduzlar tizimini saralab olişga yordam berdi. 

Katta portlaşdan keyin Koinot sekin-astalik bilan sovib borgan, 400 ming yildan keyin sekinlaşgan elektronlar sekinlaşgan protonlarga birikiş imkoniga ega bölgan va asrlar boşlangan. Bu vaqtda yulduzlar va galaktikalarning hosil böliş jarayonlari boşlangan. Qoronğu asrlardan keyin esa reionizatsiya jarayoni qayd etilgan.