Şavkat Mirziyoyev Xiva tumanidagi «Rahimbergan hoji anbar» köp tarmoqli fermer xöjaligi dalasida ilğor dehqon va fermerlar bilan suhbatlaşdi, deb yozadi Prezidentning rasmiy sayti.
Muloqotda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, odamlar tafakkuri, mehnatga munosabatida röy berayotan özgarişlar haqida söz bordi. Fermer va dehqon xöjaliklari, şaxsiy tomorqalardan samarali foydalaniş, takroriy ekinlar ekib, qöşimça daromad topişning ahamiyati ta'kidlandi.
«Bu islohotlardan asosiy maqsad — odamlarning daromadini, yurtimiz fayzu barakasini oşirişdir. Toki işlaganlar mehnatining rohatini körsin, xalqimiz boy bölsin», dedi davlatimiz rahbari.












