Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi töğrisida» 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi» hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida bojxona organlariga ham bir qator vazifa va topşiriqlar yuklangan edi.

Davlat dasturi doirasida jismoniy şaxslar uçun bojxona hududiga kirib keliş va uni tark etiş böyiça «yaşil» va «qizil» yölak tizimini amaliyotga tatbiq etiş yuzasidan ham topşiriqlar berilgan, deb yozadi Özbekiston Respublikasi davlat bojxona qumitasi rasmiy sayti.

2017 yilning 11 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi bojxona çegaralari orqali ötkaziş punktlarida ikki yölakli tizimni qöllaş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida»gi 814-sonli qarori qabul qilinişi mazkur tizimini amaliyotga tatbiq etişda muhim qadam böldi.

Qarorni qabul qilişdan asosiy maqsad fuqarolarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş şaroitlarini jahon standartlariga muvofiqligini ta'minlaş, bojxona rasmiyatçiligini soddalaştiriş, nazoratning samarali usullarini qöllaş, şuningdek turizmni rivojlantiriş uçun yanada qulay şaroitlarni yaratişdan iboratdir.

Mazkur Qaror bilan Özbekiston Respublikasi bojxona çegaralari orqali ötkaziş punktlarida ikki yölakli tizimni qöllaş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Qarorga köra, ikki yölakli tizim 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab Özbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarida, 2021 yilning 1 yanvaridan boşlab esa, Özbekiston Respublikasi bojxona çegarasi orqali avtomobil va temir yöl ötkaziş punktlarida kuçga kiradi.

Uşbu qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida Davlat bojxona qömitasiga 1 oy muddatda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro aeroportlarda ikki yölakli tizimni işlaşini ta'minlaş uçun kerakli infrastruktura işlarini ötkaziş yuklatildi.

Bundan taşqari Özbekiston Respublikasidan çiqib ketayotgan hamda Özbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan şaxslarning safar maqsadi, mamlakati, yoşi va regioni böyiça şakllanişini ta'minlaydigan statistika hisoboti şaklini işlab çiqib, amaliyotga kiritiş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markaziga 1 oy muddat berildi.