AQŞning Green4U startapi ikkita elektr yöltanlamas taqdim qildi. Uşbu avtomobillarning öziga xos jihati ularda 6 ta eşik va 3 ta örindiqlar qatori borligi hisoblanadi.

Uşbu modellar Green4U MTU-6 va Enova deb atalib, alyuminiy platformada qurilgan va bir quvvatlanişda 368 km yöl bosa oladi. Maşinalarning qolgan texnik tafsilotlari hozirça oşkor qilinmayapti.

Yöltanlamaslarning platformasi firmaning kelgusi elektromobillari, jumladan Enova’ning 8 eşikli versiyasi negiziga ham yotadi. Maşinalar mijozlarga 2018 yilning 2-çoragidan yetkazib berilişi rejalaştirilmoqda.  

Foto: Green4U Enova

Avvalroq Bollinger Motors firmasi dunyodagi ilk elektr yöltanlamasni taqdim qildi. B1 işçi nomiga ega modelning kuzovi va yöl örtasidagi balandlik 39 sm ni taşkil qiladi. Model 360 ot kuçiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel 60 va 100 kVt-soatli batareyalardan quvvat oladi. Yöltanlamas bir quvvatlanişda 190 km dan 320 km gaça yöl bosa oladi.

Foto: Green4U Enova MTU-6
Foto: Green4U Enova
Foto: Green4U Enova MTU-6