Tört yildan beri Çust tumanida joylaşgan fermer xöjaliklaridan birining rahbari bölib işlayotgan Sarvar Nosirov (ism-familiyalar özgartirilgan) negadir nafs jilovini qöyib yubordi. “Axir imkon borida foydalanib ham qoliş kerak-ku! Mening ham bola-çaqam, qora qozonim bor. Buning ustiga, birov bilib ötiribdimi?! Çaqirmasam ham pul öz oyoği bilan kelib, “çöntakka tuşaman”, deb oyoq tirab turganda vaziyatni qöldan çiqarsam, unçalik töğri iş bölmas. Yöq, yaxşisi otni qamçilab qoliş kerak!”.
“Huquq” gazetasining yozişiça, şunday yengil-yelpi öylar iskanjasida hovliqayotgan Sarvar javobini ilhaq kutgança oğzini poylab turgan Jobirga:
- Xotirjam böl, jiyaningning yer hujjatlarini rasmiylaştirib beraman, faqat xizmati uçun 100 “kök”idan ataysan, - dedi.
Jobirning darhol rozilik bildirgani uçun yanada dadillanib, yengil tortdi va peşonasidagi terni römolçasi bilan artib oldi.
- Işdan köngling xotirjam bölsin, tegişli odamlar bilan maslahatlaşdim. Xullas, sen va jiyaning sörayotgan 0,5 gektar maydonga 10 million söm tölasang böldi. U yoğiga işning özi ğildirab ketaveradi.
Aslida voqea bunday bölgan edi. 2 yil avval Jobir tanişi Sarvar Nosirovdan fermer xöjaligi tasarrufidagi maydon yonidagi yarim gektar keladigan böş, qarovsiz joyni dehqon xöjaligi taşkil qiliş uçun jiyani Kamoliddin Davlatov nomiga qonuniy rasmiylaştirib berişda kömak söragan edi. Çunki Kamoliddin tabiatan mehnatkaş, buning ustiga, boğdorçilik, dehqonçilik işlarida suyagi qotgan yigit bölib, egasiz yerni vaqtinçalik foydalanişga olgan, maşaqqat çekib qilgan mehnati evaziga çoğroqqina boğ taşkil etgan edi. Jiyanining öşa yerda dehqon xöjaligi taşkil etiş maqsadida xabardor bölgan Jobir oraga tuşişga qaror qilgandi.
Iş deyarli oson köçdi. Sarvar “bir işni qilaman”, dedimi, bajarmay qöymaydi, lafzli bola.
Sarvar aytganidek, iş bu yoğiga öz ğildirab yurib ketdi. Tuman yer resurslari bölimida işlovçi Zohid Sarvarga bu işni bitirişda yordam berişini aytib, hujjatlarni “tayyorlaş”ni öz böyniga oldi.
2015 yilning noyabrida avval Jobirning özi Zohidga yer hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun 2 mln. 500 ming söm beradi. Oradan bir oy ötar-ötmas jiyani Kamoliddin yana 2 mln. 500 ming sömni uning qöliga qöşqöllab tutqazadi. Buning ustiga, Zohid pulni sömda emas, AQŞ dollari körinişida olib kelişini talab qilib, sözining işonçli çiqişi uçun yerning bölajak egalari bölmiş Kamoliddin va uning ukasi Ravşanning fuqarolik pasportlari nusxalarini ham sörab oldi.











