KXDR hukumati 6 mingdan ortiq xakerga rahbarlik qilmoqda. Ular sezilarli darajada samarali faoliyat yuritmoqda. Mazkur mutaxassislar uyuştirayotgan kiberhujumlar Ğarbni Pxenyan bilan hisoblaşişga majbur etmoqda, deb yozadi The New York Times.

Naşrga köra, KXDR raketa-yadro işlanmalari bilan çeklanib qolayotgani yöq. Aksinça, internet tarmoğida global vahimaga sabab böladigan hamda millionlab dollar pullarni ömara oladigaan kiberdasturni işlab çiqqan. Uşbu ta'sir vositasi xalqaro sanksiyalar ta'sir doirasiga tuşmaydi va qamalda qolgan mamlakatga juda mos keladi. 

"Kibernetika ularga bosim ötkazişning eng munosib vositasi. Arzon narx, javob harakatlarini amalga oşiriş imkoniyati mavjud. Bunday vosita davlat infratuzilmalarining yirik sohalariga tahdid sola oladi. Bundan taşqari pul topiş ham mumkin", - deydi AQŞ MXA direktorining sobiq örinbosari Kris Inglis.

"Aytiş mumkinki, KXDR sayyoramizdagi eng samarali kiberdasturga ega. Ammo, uning texnik murakkabligi muhim emas, balki kam xarajat bilan qöyilgan vazifalarni bajargani e'tiborlidir", - deya qöşimça qilgan ekspert.