Iroq Kurdistoni rahbariyati Boğdod hukumatining mustaqillikka doir referendum natijalarini haqiqiy emas deb tan oliş bilan boğliq talabini rad etmoqda. Iroq Kurdistoni prezidenti maslahatçisi Xemin Xavramiy Twitter'da şu haqida ma'lum qildi.  

"PUK (Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi) yoki KDP (Iroq Kurdistonida hukmron Kurdiston demokratik partiyasi) tomonidan Boğdod bilan heç qanday bir tomonlama muzokaralar bölmaydi. Agar Boğdod bilan qandaydir muzokaralar ötadigan bölsa, bu Kurdistonning barça partiyalari qatnaşuvçi qöşma delegatsiya iştirokida böladi. KDP va  PUK referendum natijalarini bekor qilişga bölgan har qanday çaqiriqlarni inkor etadi", - deb yozadi Xavramiy.

Şuningdek u partiyalar uçraşuvi yakuniga köra, ular inqirozni tinç yöl bilan hal qilişga tayyor ekanliklarini tasdiqlaşganini ma'lum qildi. "Biz harbiy yölni rad etamiz, lekin himoyalanişga tayyormiz", - qöşimça qildi Xavramiy. 

25 sentabr kuni Iroq Kurdistonida mustaqillikka doir referendum bölib ötdi. Referendum natijalariga köra, saylovçilarning 92,7 foizi mustaqillik uçun ovoz bergan. 

Iroq hukumati referendumni noqonuniy deb atab, ovoz beriş natijalari bekor qilinmagunça avtonomiya hukumati bilan muzokaraga kirişmasligini ta'kidlagan.