Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktabrdagi «avtomobillarga gaz töldiriş stansiyalari tarmoğini rivojlantiriş, avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqiçma-bosqiç ötkaziş, şuningdek, ular uçun möljallangan gaz ballon uskunalarining xavfsiz ekspluatatsiyasini ta'minlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi №815-sonli qarori qabul qilindi, deb yozadi Norma.uz. Bundan kelib çiqadiki, xalq tili bilan aytganda «propan YoQŞ»lar sekin-asta tugatilib, ular avtomobil gaz ballonlarini metan gaz bilan töldiruvçi AGTKSlarga aylantiriladi.

Metanga köproq örin ajratilmoqda

2017–2019 yillarda 800.447 avtomobini siqilgan tabiiy gaz asosida işlaşga ötkazib, 178ta avtomobilga gaz töldiruvçi kompressor stansiyalari (AGTKS) quriş rejalaştirilmoqda. Ma'lumki, stansiyalar aksariyat hollarda metan sotişadi.

Bu rejalarni amalga oşiriş uçun AGTKSlar joylaşgan hududlarda «bir darça» prinsipiga köra avtotransportlarga gaz ballon uskunalarini xarid qiliş va örnatişni rağbatlantiriş uçun imtiyozli kreditlar ham ajratiş taklif etilmoqda.

Mavjud suyultirilgan neft gazi (bosim ostida suyultirilgan asosan propan, izobutan va n-butandan iborat yengil uglevorodorodlar) sotuvçi avtomobillarga gaz qöyiş şoxobçalari (AGQŞ) bosqiçma-bosqiç AGTKSga aylantiriladi. 2017 yil 1 dekabrdan boşlab esa AGQŞlar uçun yer ajratiş tugatiladi.

Bundan taşqari, Özbekiston qişloq xöjalik texnikasini ham bosqiçma-bosqiç gazga ötkazadi. Buning uçun maxsus işçi guruh tuziladi va 2018 yilning 1 martidan boşlab köçma AGTKSlar yaratiş közda tutilgan.

Gaz ballon uskunalari ham tekşiriladi

Qayd etiş joizki, siqilgan tabiiy gaz va neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilğida işlovçi avtotransport vositalarining umumiy texnik reglamentiga köra, Özbekistonda 2015 yildan buyon quyidagi tipdagi ballonlarni örnatiş taqiqlangan:

SPG-2 – metall korpusli, silindrsimon qismi (halqasimon qilib öralgan) jgut ipi bilan kuçaytirilgan;

SPG-3 – metall korpusli, butun korpusi smolalangan jgut ipi bilan kuçaytirilgan (töliq öralgan);

SPG-4 – smolalangan jgut ipi bilan nometall korpusli (töliq kompozit materialdan).