Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni Qirğiziston Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston TIV xabar berdi.
«Sizning ğalabangiz çuqur tuzilmaviy islohotlar va mamlakatdagi özgarişlar, aholi farovonligini yanada oşiriş, jamiyatda tinçlik, barqarorlik va totuvlikni ta'minlaş, şuningdek, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlaşga qaratilgan reja va dasturlaringizning qardoş Qirğiziston xalqi tomonidan keng qöllab-quvvatlanişidan dalolat beradi», - deya ta'kidlanadi Özbekiston rahbari maktubida.
Qayd etilişiça, Özbekiston özaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirişga katta e'tibor qaratmoqda va xalqlar farovonligi yölida köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş uçun barça zarur sa'y-harakatlarni yönaltirişga tayyor.
«Men sönggi yilda erişilgan yuqori darajadagi konstruktiv siyosiy muloqot va tomonlarning mavjud muammolarni hal qiliş uçun özaro hurmat hamda umumiy manfaatlarni hisobga oliş prinsiplari asosida iş olib borişi yanada rivojlanişiga işonçim komil», - deya ta'kidlanadi maktubda.
Özbekiston prezidenti Sooranbay Jeenbekovga mustahkam soğlik va yangi ma'suliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, Qirğiziston xalqiga esa – tinçlik va farovonlik tilagan.












