Qirğiziston Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma'lumotlariga köra, prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan mamlakat sobiq boş vaziri Sooronbay Jeenbekov avvalgi ma'muriyat işini davom ettiriş va jamiyatda mavjud bölgan qoidalar hamda özaro munosabatlarni özgartirmaslikka va'da qildi.
Qirğiziston MSK rahbari Nurjan Şayldabekovaning RIA Novosti’ga xabar berişiça, saylov byulletenlarining 97 foizi qayta işlanganidan keyin Jeenbekov Qirğizistonda bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongani ma'lum bölgan. Markaziy saylov komissiyasi veb-saytiga köra, u 55 foiz ovoz töplab, birinçi turda ğalaba qozondi.
Jeenbekovning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, Qirğizistondagi saylovlar faqat xalq davlatning taqdirini hal qilişini butun dunyoga körsatdi. «Bugun Qirğiziston dunyoga demokratik suveren davlat ekanimizni körsatdi», - dedi u.
Jeenbekovning ta'kidlaşiça, demokratik saylovlarni ötkaziş «bunday tizimni qurgan» amaldagi prezident Almazbek Atamboyev tufayli yuz berdi. U öz muxoliflariga ham minnatdorlik bildirib, xalq va mamlakat uçun katta mas'uliyat hissida ekanini ta'kidladi.
«Olti yil mobaynida köp narsalarga erişildi va mening vazifam bularning barçasini saqlab qoliş hamda mustahkamlaşdir», - deya qöşimça qilib ötdi hukmron partiyadan nomzod.
Jeenbekov respublikaning janubiy mintaqasida tuğilgan - 1958 yil 16 noyabrda Öş viloyatida tavallud topgan. 1983 yilda «zooinjyener» mutaxassisligi böyiça Qişloq xöjalik institutini tamomlagan. Sovetlar tuzumi davrida KPSS tuman qömitasida yöriqçi, qişloq partiya qömitasining kotibi bölib işlagan hamda kolxoz xöjaligi boşliği lavozimini egallagan.
1996 yilda Jeenbekov Qirğiziston parlamentiga saylandi va 11 yillik faoliyatini deputatlikka bağişladi. 2007 yilda sobiq prezident Kurmanbek Bakiyev davrida qişloq, suv xöjaligi va qayta işlaş sanoati vaziri lavozimini egallagan. Bakiyev 2010 yilda hokimiyatdan çetlatilgaç, muvaqqat inqilobiy hukumat tarkibida Öş viloyati davlat ma'muriyatini boşqargan. 2016 yilda prezident Almazbek Atamboyev uni öz devoni rahbarining birinçi örinbosari etib tayinladi.
2016 yilning aprelida Qirğiziston Respublikasi Sotsial-demokratik partiyasi (SDPK) taşabbusi bilan Jeenbekov respublikaning boş vaziri etib tayinlandi. 2017 yil may oyida SDPK siyosiy kengaşi uni prezidentlikka nomzod qilib körsatdi, mamlakat qonunçiligiga köra, Jeenbekov hukumat boşliği lavozimidan saylovda iştirok etişi tufayli rasmiy ravişda iste'foga çiqdi.













