Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakatda ötgan prezidentlik saylovlarini kuzatib borgan xalqaro kuzatuvçilar missiyasi rahbarlari bilan uçraşuvda AQŞda ham halollik va demokratiya yöqligini aytgan.
Uning aytişiça, Barak Obamaning yordamçisi Maykl Makfol OAVga Qirğizistondagi saylovlarda amaldagi prezident safdoşi ğalaba qozonganini aytgan. "Albatta, agar AQŞ qöllab-quvvatlovçi nomzod yutganda, ular bulbul kabi sayrardilar", deb aytgan Atamboyev.
Atamboyevning aytişiça, saylovlarda taşqaridan moliyalaştiriş bölganiga qaramay, Qirğiziston öz mustaqilligini himoya qila oldi.
Uçraşuvda MDH, YeXHT, ŞHT, Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengaşi, Islom hamkorligi taşkiloti, Yevropa parlamenti hamda Özbekiston, Rossiya va Xitoy missiyalari rahbarlari iştirok etişgan.
Qirğizistonda 15 oktabrda ötgan saylovlarda mamlakatning sobiq boş vaziri Sooronbay Jeenbekov ğalaba qozondi.












