"Qozoğiston markaziy saylov komissiyasining kuzatuvçi sifatida kelmasligi haqida öqib kulgim keldi. Ular bizga nimani ham örgatişi mumkin?" - dedi Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev davlat rahbari saylovlarida xalqaro kuzatuvçilar missiyalari rahbarlari bilan uçraşuvda.
Uning sözlariga köra, qöşni mamlakatda saylovdagi iştirok 98 foizni taşkil qilmoqda, ğolib bölgan nomzod esa saylovçilarning 99 foiz ovoziga ega böladi.
Atamboyevning ta'kidlaşiça, Qirğizistondagi saylovlar adolatli ötdi. "Men öz vaqtida deputatlik uçun uç marta nomzodimni qöyganman, bir marta mandat topşirib, prezidentlikka nomzodimni qöyganman", - dedi davlat rahbari.
"2007 yilda öşa vaqtdagi prezident ma'muriyatining rahbari kelib, yetti mandatni taklif qilgan. Öşanda men unga zavod işçisiga xos javob berganman, keyin u menga töqqiz mandat taklif qilgan, şunaqasi ham bölgan". Almazbek Atamboyev
Ta'kidlaş joizki, kuni keça Qirğizistonda davlat rahbari saylovlari bölib ötdi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, hukumat partiyasi nomzodi Sooronboy Jeenbekov yetakçilik qilmoqda.













