2016 yilda Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlaridagi 117,5 million kişi yoki YeI aholisining 23,4 foizi qaşşoqlik xavfi va ijtimoiy izolyatsiyaga duç kelişdi. "Anadolu" agentligi YeI Statistika xizmati hisobotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Hisobotda ta'kidlanişiça, qaşşoqlik yoki ijtimoiy izolyatsiya xavfi ostidagi odamlar sonini qisqartiriş "Yevropa-2020" strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri hisoblansa-da, bu körsatkiç ösişda davom etmotqda.
Qaşşoqlik xavfi ostida kun keçirayotgan fuqarolar soni böyiça 40 foiz körsatkiç bilan Bolgariya yetakçilik qilmoqda. Undan keyingi örinlarda Ruminiya (38,8 foiz aholi) va Gretsiya (35,6 foiz aholi) qayd etilgan.
Çexiya YeIning qaşşoqlik darajasi eng kam bölgan mamlakati deb topilgan. Bu mamlakatda qaşşoqlik yoqasidagi fuqarolar soni 13,3 foizni taşkil qilgan. Undan keyingi örinlarda Finlyandiya (16,6 foiz), Daniya (16,7 foiz) va Niderlandiya (16,8 foiz) nomlari keltirilgan.
Ta'kidlaş joizki, Germaniya aholisining 19,7 foizi, Fransiyaning - 18,2 foiz, Italiyaning - 28,7 foiz, Ispaniyaning - 27,9 foiz, Buyuk Britaniyaning - 22,2 foiz, Belgiyaning 20,7 foiz aholisi qaşşoqlik va ijtimoiy izolyatsiya xavfsi ostida.












