2017 yilning 9 oyi davomida Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (şahar) jamiyatlariga iste'molçilardan jami 8173 ta murojaatlar kelib tuşdi. Mazkur ariza va şikoyatlarning  89,0 foizi ijobiy hal etilişi natijasida, iste'molçilar foydasiga jami 2 mlrd. 984 mln. 6420 ming söm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. Bu haqda Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Şundan, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari iste'molçilardan tuşgan 165 ta ariza va şikoyat asosida ularning manfaatlarini közlab, sud organlariga da'vo arizalari kiritilişi va ijobiy hal etilişi natijasida 226 mln. 673 ming söm moddiy va ma'naviy zararlar qayta hisob-kitob qilindi.

2017 yilning 9 oyi davomida Federatsiya markaziy ijro etuvçi apparati, Qoraqalpoğiston Respublikasi iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toşkent şahar hududiy birlaşmalari, tuman va şahar jamiyatlari raislari aholi (fuqarolar) bilan jami 7670 marta muloqot ötkazildi. Mazkur muloqotlar davomida uy-joy kommunal (2208ta), savdo(1371ta), soğliqni saqlaş (576ta), aloqa (240ta), transport (307ta), servis xizmatlari (242ta), ta'lim (280ta) va boşqa sohalar (2446ta) böyiça boşqa sohalarda fuqarolar tegişli masalalar yeçimi yuzasidan amaliy yordam berilişini sörab murojaat qilganlar.