Vankuverdagi Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlari seysmik faol hamda dovul va quyunlardan aziyat çekuvçi hududlar aholisiga yordam berişning usulini topdilar. Ular binoning taşqi karkasini pölatdan işlangandek mustahkam qiladigan işonçli va ekologik toza beton yaratişdi. Bu haqda Kanadaning Metro News naşri xabar bermoqda. 

Material "ekologik toza bolğalanuvçi sement kompozit" (EDCC) deb nom olgan va uçuuvçan kul deb ataluvçi sanoatdagi çiqindi material – ma'danlar aralaşmasidan olingan yonilğining yonişi vaqtida vujudga keladigan çangdan tarkib topgan. Yangi beton oddiy betonga nisbatan pişiq va  egiluvçandir. Uşbu beton Vankuverdagi maktablardan birida sinovdan ötkazilgan. Olimlar betonni maktab beton devorlari ustiga 10 mm qalinlikda sepib çiqişgan. Söngra ular 9 ballik zilzilani modellaştirişgan.   

"Sinov natijalari ajoyib böldi. Biz devorni silkitişimiz mumkin, u esa buzilmaydi. 10 mm qalinlikdagi beton köplab içki devorlarni seysmik faollik holatiga mustahkamlaş uçun yetarli böladi", deb aytmoqda olimlardan biri Salmon Suloymoni-Daştakiy.

Ixtiroçilarning aytişiça, endi maktab binosi qaçondir sodir bölgan eng kuçli zilzila kuçidagi zilzilaga ham bardoş bera oladi. Gap esa 2001 yilda Yaponiyaning Toxoku şahrida yuz bergan zilzila haqida ketmoqda. Öşanda zilzila kuçi 9,1 ballni taşkil qilgan.

Muhandislarning aytişiça, zilzila vaqtida beton oddiy beton kabi bölaklanib ketmay, balki metall kabi egilib, uzayişi mumkin.

Beton Kanadada sotuvga çiqarilgan va mutaxassislar fikriça, katta talabga ega böladi. Yangi kompozitni sepib çiqiş inşootlarni zilziladan himoya qiliş uçun pölat gardişlarni qöyişdan nafliroqdir.

Ta'kidlanişiça, bu texnologiyani köplab obektlarga qöllaş mumkin. Çunki u modernizatsiyalaşning boşqa istalgan usulidan ikki marta arzonroq turadi. 

Endi yangi material Hindistondagi maktabda qöllab köriladi. Çunki  loyihani moliyalaştirişda Hindistonning  IC-IMPACTS tadqiqot  markazi ham qatnaşgan.