17 oktabr kuni Qirğiziston hukumati Qirğiziston-Qozoğiston çegarasidagi vaziyat böyiça Butunjahon savdo taşkiloti Kotibiyatiga murojaat yubordi.

QR Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berişiça, murojaatning yuborilişiga Qozoğiston tomonidan tariflar va savdo töğrisidagi umumiy bitimning asosiy me'yorlari va JSTni ta'sis etiş töğrisidagi kelişuvning buzilişi sabab bölgan.

«Sizga şuni ma'lum qilamizki, 10 oktabr kuni Qozoğiston Respublikasi Qirğiziston-Qozoğiston va Rossiya-Qozoğiston davlat çegaralarida tösatdan qöşimça nazorat çoralarini qölladi. 

Qayd etiş joizki, Qozoğiston tomonidan qöşimça nazorat çoralari joriy etilgandan keyin «Ak-Jol» va «Ak-Tilek» asosiy hamda eng katta nazorat punktlarida Qirğizistondan kelgan fuqarolar va transport vositalarining örtaça soni kuniga 2,4 martaga kamaygan.

Qirğiziston Qozoğiston Respublikasi kabi Butunjahon savdo taşkilotining teng huquqli a'zosi hisoblanadi hamda Butunjahon savdo taşkiloti doirasida öz huquqlarini töliq himoya qiladi», - deya xabar berdi matbuot xizmati.