Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasini taşkil etiş töğrisidagi qarorini imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

«Madaniyat va san'at sohasidagi boşqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oşiriş samaradorligini oşiriş maqsadida  Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi yuridik şaxs taşkil etmasdan faoliyat körsatayotgan byudjyetdan taşqari Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi negizida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölgan Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi (keyingi örinlarda – Jamğarma) taşkil etilsin», deyilgan qarorda. 

Jamğarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 

«Özbekkonsert» davlat muassasasi faoliyatini ta'minlaş; 

moliyaviy, taşkiliy va ijodiy yönalişlarda kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş asosida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirişga kömaklaşiş, şuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san'at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning taşabbusi bilan taşkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş; 

xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytiriş, madaniyat va san'at sohasida xalqaro madaniy taşkilotlar va xayriya jamğarmalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etiş, mamlakatimizda madaniyat va san'atga doir homiylikni rivojlantirişga kömaklaşiş; 

madaniyatlararo ijodiy muloqotni yölga qöyiş va özbek san'atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalaşuviga kömaklaşiş, şuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatdoşligi bilan boğliq jihatlarni namoyiş etiş; 

madaniyat va san'at sohasida kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni zarur adabiyotlar va davriy naşrlar bilan ta'minlaş; 

xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boşqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş tizimini takomillaştirişga kömaklaşiş; 

xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar quriş uçun moliyaviy mablağ va kömak beriş;