Suriyadagi operatsiya yakunlanmoqda, şu sababli zudlik bilan hal qilinişi kerak bölgan bir qator masalalalar bor, deb aytdi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu. Vazir bu haqda Tel-Avivda isroillik hamkasbi Avigdor Liberman bilan uçraşuvda aytib ötdi.
"Suriya bilan boğliq barça narsani alohida muhokama qilişni istardik. U yerdagi operatsiya yakunlaniş arafasida. Şu munosabat bilan zudlik bilan hal qilinişi kerak bölgan bir qator masalalar bor", deb aytgan Şoygu.
Şoygu Yaqin Şarqdagi vaziyatga tegişli masalalarni ham muhokama qilişni taklif qilgan. "Dunyoda terrorçilik faollaşgan hozirgi şaroitda xalqaro hamjamiyatning bu yovuzlikka qarşi kuraşda jipsligi talab qilinadi", deb aytgan Şoygu va muzokaralar "ikki davlatning bir-birini yaxşiroq tuşunişida hamda Rossiya va Isroil qurolli kuçlari örtasida döstona munosabatlarning mustahkamlanişiga kömak berişini qöşimça qilgan.












