Tojikistonning Xöjand şahar sudi Istiqlol şahri kengaşining ikki sobiq deputatini firibgarlik hamda korrupsiyaga qarşi agentlik xodimiga pora berişda aybladi. Saodat Şarifzoda 9, Ravşan Hasanov esa 5,6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoyat işi böyiça uçinçi şaxs - haydovçi Akbar Ismoilov ham firibgarlikda ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud unga 85,000 AQŞ dollari miqdorida jarima tölaşni belgilab qöydi. Istiqlol şahri kengaşining ikki deputati Saodat Şarifzoda va Ravşan Hasanov tört oy oldin Xöjandda Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi xodimlari tomonidan qölga olingandi.

Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraş agentligining Söğd viloyati böyiça Boşqarmasi boşliği Karim Ibrohimzodaning matbuot anjumanidagi sözlariga köra, deputat Saodat Şarifzoda 2013 yil davomida haydovçisi Akpar Ismoilov bilan birgalikda bir neça mahalliy aholi vakillari işonçiga kirib, ulardan 200 ming dollar olişgan hamda bu mablağni öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborişgan.

Unga köra, Istiqlol şahri kengaşi deputati Ravşan Hasanov korrupsiyaga qarşi kuraş mahkamasi xodimiga Saodat Şarifzoda nomidan jinoyatni yaşiriş uçun 2 ming dollar miqdorida pora taklif qilgan.

Iş tört yil muqaddam Söğd viloyatida davlat obektlarini xususiylaştiriş uçun ma'lum bir fuqaro sudlanuvçilarga 200 ming dollar pora bergani ma'lum bölganidan keyin qözğatildi. «Va'da bajarilmagan, hamda fuqaro korrupsiyaga qarşi kuraş agentligiga ariza bilan murojaat qildi», - deya xabar berdi Karim Ibrohimzoda.