Istanbul sudi AQŞning Turkiyadagi konsulligida işlovçi Turkiya fuqarosining rafiqasi va qizi söroq qilingandan keyin ularning ozod etilişga izn berdi. Ular ekstremistlar bilan aloqador bölişlari mumkinligi sababli söroq qilinganlar. Bu haqda suddagi manba ma'lum qilgan.
Manba ma'lumotlariga köra, ikki gumonlanuvçi 9 oktabrda Amasya şahrida uşlanib, söngra Istanbulga olib kelingan. Ularga mamlakatni tark etiş taqiqlab qöyildi, şuningdek, ular haftada bir marta politsiyada qayd qilinib turişlari kerak.
Konsullik xodimi ham prokuratura tomondan AQŞning Istanbuldagi boş konsulligining boşqa bir xodimi Metin Topuz hibsga olingandan keyin söroq qilingan. Topuz hibsga olingandan keyin AQŞ elçixonasi 8 oktabrdan turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berişni töxtatgan.
AQŞning Turkiyadagi elçisi Jon Bass boş konsullik xodimining hibsga olinişini Turkiya rahbariyatining öç olişi deb ta'riflagan va sud idoralari xolis bölmasliklari mumkinligini aytgan. Turkiya prezidenti esa bunga javoban AQŞ diplomatik missiyalarida Turkiyada davlat töntaruviga urinişga aloqador şaxslar yaşirinayotganini aytgan.
















