Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining buyruği bilan röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarini va qat'iy hisobdagi blankalarni berişda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni röyxatdan ötkazişda, qayta röyxatdan ötkazişda, majburiy texnik körikdan ötkazişda, şuningdek imtihonlarni olişda undiriladigan tölovlar stavkalarini tasdiqlaş töğrisidagi buyruqqa özgartirişlar va qöşimça kiritildi.
Kiritilgan özgartirişlar va qöşimçaga köra, buyruq muqaddimasidagi “hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 26 maydagi 256-son “Avtomototransport vositalarini röyxatdan ötkaziş, qayta röyxatdan ötkaziş va ularning hisobini olib boriş, milliy davlat raqami belgilarini beriş va ularni almaştiriş işlarini tartibga soliş haqida”gi degan sözlar çiqarib taşlandi.
Buyruq ilovasida:
a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“8. Avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnomani beriş uçun – eng kam iş haqining 70 foizi miqdorida”.
b) Quyidagi mazmundagi 8-1 band bilan töldirildi:
“8-1. Avtomototransport vositasini röyxatdan ötkaziş haqida vaqtinçalik guvohnomani beriş uçun - eng kam iş haqining 20 foizi miqdorida”.
v) 8-bandning izohi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Izoh:
yaroqsiz holga kelgan, şikastlangan yoki öğirlangan avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma dublikatini beriş uçun eng kam iş haqining 70 foizi miqdorida tölov undiriladi;
yöqotilgan avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma dublikatini beriş uçun eng kam iş haqining 1 baravari miqdorida tölov undiriladi;
yöqotilgan avtomototransport vositasini röyxatdan ötkaziş haqida vaqtinçalik guvohnoma dublikatini beriş uçun belgilangan tölov stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi”.
g) 15-banddagi “20 foizi” degan sözlar “70 foizi” degan sözlar bilan almaştirildi.
d) 16-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“16. Yöqotilgan haydovçilik guvohnomasi örniga vaqtinçalik ruxsatnoma beriş uçun – eng kam iş haqining 10 foizi miqdorida”.

















