Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 14 oktabr kuni “Işsiz va band bölmagan aholini kasb-hunarga öqitiş mintaqaviy markazlarida öqişga qabul qiliş, kasb-hunarga öqitiş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qarorni çiqardi.
Qaror işsiz va band bölmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlaşni samarali taşkil etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi hududlarida işsiz fuqarolarni kasb-hunarga öqitiş markazlarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yil 10 apreldagi 199-son qaroriga muvofiq çiqarildi.
Qayd etilişiça, mazkur Nizom işsiz va band bölmagan aholini kasb-hunarga öqitiş mintaqaviy markazlarida işsiz va band bölmagan aholini öqişga qabul qiliş tartibini belgilaydi.
Özbekiston Respublikasining “Aholini iş bilan ta'minlaş tögrisida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq mehnat organlarida röyxatga olingan va işsiz deb e'tirof etilgan şaxslarni kasbga tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş quyidagi holatlarda amalga oşirilişi mumkin, agar:
işsiz şaxs zarur kasb malakasiga ega bölmaganligi tufayli unga maqbul keladigan iş tanlaş mumkin bölmasa;
işsiz şaxsning kasb könikmalariga mos keladigan iş yöqligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, maşğulot turini) özgartiriş zarur bölsa;
işsiz şaxs avvalgi kasbi böyiça iş bajariş qobiliyatini yöqotgan bölsa.
Mehnat töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kasbga tayyorlaş, malaka oşiriş yoki qayta tayyorlaş davrida stipendiya tölanişi hamda şu davrni mehnat stajiga qöşiş fuqarolarga (işsizlarga) davlat tomonidan moddiy yordam berişga oid kafolatlar hisoblanadi.
Kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş davrida fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya tölanadi.
Mazkur Nizom talablari Öquv markazi tomonidan tölov asosida taşkil etiladigan qisqa muddatli öquv kurslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Öquv markaziga işga joylaştiriş böyiça iş beruvçi, bandlikka kömaklaşiş tuman (şahar) markazlari va işga joylaşiş xohişini bildirgan şaxs örtasida tuziladigan uç tomonlama şartnoma hamda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq şakldagi Markaz yöllanmalari mavjud bölgan işga joylaştirişga muhtoj işsiz va band bölmagan aholi, şu jumladan kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni bitirgan doimiy işga ega bölmagan şaxslar öqişga qabul qilinadi.











