Saudiya Arabistoni Qatardagi vaziyatni izdan çiqarişga va hukumat almaşinuvi sodir bölişiga urinmoqda. Qatar taşqi işlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Oli Soniy CNBC telekanaliga bergan intervyusida şunday bayonot berdi.
"Biz (Saudiya) hukumatining tuzumni özgartiriş haqida gapirayotganini körayapmiz. Biz mulozimlar odamlarni öz hukumatiga qarşi norozilikka çiqişga ruhlantirayotganini köryapmiz. Şu boisdan gap davlat tuzumini almaştiriş haqida ketmoqda", — degan Oli Soniy.
Şu yilning iyun oyi boşida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgan edi. Ular Dohani terrorizmni qöllab-quvvatlaşda ayblaşdi.
Vazirning sözlariga köra, uning mamlakatiga boykot e'lon qilgan arab mamlakatlari terrorizmning oldini olişni emas, aslida "hurmatsizlik bildiriş va qörqitiş"ni xohlaydi.
Telekanalning xabar qilişiça, Qatarda 11 ming kişilik Amerika harbiy bazasi joylaşgan.
















