Gazetxonlar bilan uçraşuvlarda xalqimiz vakillari gazetamizda rang-barang mavzularda qiziqarli materiallar muntazam çop etilayotganini alohida ta'kidlagani holda, «Pravda Vostoka»ning özbek tilidagi varianti yöqligidan katta taassuf bildirar edilar, deb yozadi gazetaning rasmiy veb sahifasi.

Jamoatçilikning bu boradagi haqli talablarini e'tiborga olib, 21 oktabr — «Özbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan sananing 28 yilligi keng nişonlanayotgan şu kunlarda gazetamiz tahririyati jamoasi xayrli işga qöl urdi: «Pravda Vostoka»ning materiallarini özbek tilida öqiş imkoniyati yaratildi. Bugundan «Pravda Vostoka Online» veb-naşri ona tilimizda yuz oçdi.
Bu ötgan bahorda 101 yoşga qadam qöygan gazetamiz hayotidagi unutilmas kun – ulkan tarixiy voqeadir. Bir asr mobaynida naşrimiz Özbekiston tarixining solnomaçisi bölib keldi. Lekin u heç qaçon özbekning, Özbekistonning manfaatlarini bugungidek ulkan mehr, yuksak qat'iyat va sobitqadamlik bilan himoya qilmagan. Uning ona tilimizda çop etila boşlaganining zamirida ham aslida ana şu mehr va sadoqat mujassam. Bu, avvalo, Vatanimiz istiqlolining şarofati, mamlakatimizda erk va ozodlik, demokratiya tamoyillari tobora mustahkam qaror topayotganining, davlatimiz rahbari tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirişga qaratilayotgan e'tiborning samarasidir.
Gazetamiz jamoasi mamlakatimizdagi yetakçi matbuot naşrlari orasida birinçi bölib, ta'bir joiz bölsa, yangi asr sari qadam qöydi – «Pravda Vostoka Online» veb-naşri faoliyatini amalda tatbiq etişga kirişdi. Dunyoning yirik naşrlari sinovidan ötgan va ilk bor Özbekistonda amalda tatbiq etilayotgan bu tajriba «PV» muxbirlari faoliyati doirasini yanada kengaytiriş va jadallaştiriş imkonini beradi.
Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida röyxatdan ötgan va özbek hamda rus tillarida naşr etilayotgan «PV Online» öquvçilarni mamlakatimizda va jahonda yuz berayotgan eng sönggi yangiliklar, dolzarb mavzulardagi maqolalar, suhbatlar va rang-barang suratlar bilan ta'minlaşni rejalaştirgan.
Marhamat, www.pv.uz manzilidan joy olgan «Pravda Vostoka Online» xabarlaridan özbek tilida ham bahramand böling, — deyilgan «Pravda Vostoka» tahririyatining murojaatida.











